Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikromov «M-Faktor» loyihasida koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlar tushib qolgan muammolar girdobi va undan chiqish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Tadbirkorlar bilan bog‘liq eng katta muammolar Toshkent shahrida kuzatilmoqda. Undan tashqari, viloyat markazlari, shuningdek, aholi zich joylashgan kichik shaharlarda ham yetarli muammolar paydo bo‘ldi. Albatta, «epidemiologik zanjir» usulida bu shaharlarda karantin zonalarini tezkorlik bilan tashkil qilganimiz yutug‘imiz bo‘ldi.

«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati haqida gapirar ekan, soliq bazasi orqali 609 mingta yuridik shaxslar — fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqilganida, imkoniyati borlari 201 mingta ekanligi aniqlandi. Ya'ni [o‘zi ham yordamga muhtoj bo‘lganlarning] 70 foizi chiqib ketdi, bu tabiiy hol. Ularda saxovat yordami uchun ortiqcha pul yo‘q. Qolgan 201 mingta sub'yektlarni ham 4 ta toifaga bo‘ldik.

Ya'ni shu paytgacha ham beg‘araz yordam ko‘rsatib kelgan yirik tadbirkorlarimiz bor. Ular yuzlab, minglab yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. Shuningdek, davlatdan ko‘mak kutayotgan tadbirkorlar bor. Ularga ijara to‘lovlari, soliq foizlari bo‘yicha yengillik berilsa, o‘zlarini tutib, fuqarolarga yordam qilishga tayyor», — dedi Adham Ikromov.

Savdo-sanoat palatasi raisi suhbat davomida Bosh vazirning tadbirkorlar qabulxonasi, biznes ombudsman bilan hamkorlikda pandemiya sharoitida zarar ko‘rgan tadbirkorlarning murojaatini ko‘rib chiqish uchun shtab tuzilganini aytib o‘tdi.

Adham Ikromov shu kunlarda tadbirkorlardan tushayotgan ko‘plab murojaatlar shaharlar va hududlar o‘rtasida transport vositalari qatnovini tiklash, ruxsatnoma stikerlari olish bilan bog‘liq bo‘layotganini aytib o‘tdi.

Bozorlarda savdo maydonchasi uchun ijara haqi to‘lab faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning «ijara haqini to‘lay olmay qolsak nima bo‘ladi» degan mazmunda tushgan savoliga javob berar ekan, Ikromov boshlovchilar tomonidan «ko‘rsatuvimizda tadbirkorlarga eng yoqadigan javob» deb e'tirof etilgan javobni berdi: